17:00 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
150 0 0

Oʻzbekiston prezidenti raisligidagi yigʻilishda maktab bitiruvchilarini oʻqish va ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan taʼminlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, yarim yildan buyon butun dunyo kuchaytirilgan karantin sharoitida yashamoqda. Bu murakkab davrda hamma davlatlarda eng asosiy muammo aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, daromad bilan taʼminlash boʻlib qolmoqda.

Oʻzbekistonda ishsizlarning 732 ming nafari yoshlar, 834 ming nafari xotin-qizlardir.

Avvalo, maktab bitiruvchilarini oʻqish va ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Joriy yilda umumtaʼlim maktablarini 452 ming oʻgʻil-qiz tamomladi. Ularning 70 mingi oliy taʼlim, 85 mingi professional taʼlimga kiradi. 95 mingdan ziyodi ishga joylashgan taqdirda ham, yana 200 mingga yaqin yoshlarning bandligini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Maktabdanoq kasbga oʻqitish tizimi joriy etilishi belgilandi.

“Navbatdagi oʻquv yilidan boshlab maktab direktori va oʻqituvchilarga oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirishi, kasb egallab, oʻz ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi toʻlanadi”, - deyilgan xabarda.

Buning uchun 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarning kasblar kesimida qiziqishi aniqlanadi. 8-9-sinf oʻquvchilari dasturchi, dizayner, tarjimon kabi istiqbolli kasblar uchun poydevor boʻladigan bilim va koʻnikmalarni egallaydi. 10-sinfdan robototexnika, dasturlash kabi talab yuqori kasblarga oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi.

Joriy yil oxirigacha mahallalarda 136 ta kasb-hunar oʻqitish maskani, qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslarini tashkil etib, 31 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlarini jihozlash boʻyicha topshiriq berildi.

Bu maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasiga 200 milliard soʻm ajratish, oʻquv kurslarini, avvalo, kambagʻallik eng yuqori boʻlgan mahallalarda tashkil etish kerakligi taʼkidlandi.

Asosiy mavzular