O‘zbekistonda "To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi" qayta ko‘rib chiqildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGostey vstrechali po uzbekskim obichayam: kormili vkusno i pravilno
Gostey vstrechali po uzbekskim obichayam: kormili vkusno i pravilno - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu reytingda O‘zbekiston ma’lumotlari ijobiy tomonga o‘zgardi.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tashkent-siti - Sputnik O‘zbekiston
Yashash uchun eng arzon davlat: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

FAO ekspertlari 2019-yilgi (SOFI – 2019) yig‘ilishda O‘zbekistonning 2016-2018 yillarda to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi ko‘rsatkichlarini 6,3 % (2,0 mln. kishi) deb e’lon qilgan edi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘iston (2,1 %) va Turkmaniston (5,4 %) dan keyin uchinchi o‘rinni egallagan edi.

FAO mutaxassislari Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining keltirgan aniq isbot-dalillariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014-yildan boshlab, New Food Balance Sheet asosida qayta ko‘rib chiqdi.

Qayta hisoblash natijasida ko‘rsatkichlar 2016-2018 yillar uchun 2,8 % (0,9 mln. kishi) va 2017-2019 yillar uchun 2,6 % (0,8 mln. kishi) ni tashkil etdi.

Bu ma’lumotlar 2020-yilning 13-iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI – 2020) hisoboti onlayn yig‘ilishida hamda FAO rasmiy sayti orqali e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0