22:41 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1051)
120920

Bir sutka davomida 473 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 14 466 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 473 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 14 466 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 56 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida; 60 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi hamda tana harorati koʻtarilganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida; 21 nafari Namangan viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida); 19 nafari Andijon viloyatida; 12 nafari Qashqadaryo viloyati; 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 269 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 8 343 nafarga yetdi.

Ayni paytda 6 054 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 52 nafar bemor ogʻir ahvolda, 6 nafar bemor oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Toshkentlik 66 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Chilonzor tumanida yashovchi 66 yoshli I.I.da (erkak) 5 iyulida hansirash, yoʻtal paydo boʻlgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli ogʻirlashavergach, 8 iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygani sababli reanimatsiya boʻlimiga  yotkizilgan. Unga “COVID-19” infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻtkir nafas hamda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kechgan.

Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas, surunkali buyrak hamda oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir holat: pskentlik 37 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Pskent tumanida yashovchi, 37 yoshli M.M.da (erkak) joriy yil 3 iyulda hansirash, yoʻtal paydo boʻlgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli ogʻirlashavergach, 9 iyulda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

12 iyul kuni esa bemorda oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boshlangan va sunʼiy nafas olish  apparatiga ulangan. Unga “COVID-19” infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi, oʻtkir nafas yetishmovchiligi bilan kechgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi, oʻtkir nafas va oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 69 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Xitoy – Markaziy Osiyo

Xitoy va Markaziy Osiyo TIV rahbarlari 16 iyul kuni videokonferentsiya shaklida uchrashuv oʻtkazadi. Unda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi munosabatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalarini hamda iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish mexanizmlarini muhokama qilish koʻzda tutilgan.

Vatandoshlarni olib kelish

Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolarini poyezdlar orqali ham olib kelishni boshlash kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 14 iyuldagi videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.

“Rossiyadagi fuqarolarimiz bilan ham muloqotda boʻlib, birinchi marta temir yoʻl bilan iloji boricha tezroq vatanimizga olib kelish choralarini koʻryapmiz", – dedi prezident.

Shuningdek, prezident barcha hokim va 4ta sektor rahbarlariga oʻzlariga tegishli boʻlgan hududlarda dori-darmon va oziq ovqatlar zahiralarini tayyorlashni buyurdi.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 13,3 milliondan oshdi, 578 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (3,4 mln), Braziliyada (1,9 mln), Hindistonda (907 ming).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1051)

Asosiy mavzular