16:44 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
270 0 0

Boʻstonliq tumanidagi davlat tashkilotlariga tegishli sanatoriylar xususiy sektorga sotilishi mumkin - prezident farmoni qabul qilindi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. “Yer resurslari va davlat mulki obʼyektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

Yer soligʻi boʻyicha quyidagilar tomonidan egallangan yer uchastkalari:

•  sogʻlomlashtirish hamda dam olish joylari, xususan dam olish uylari;

•  aholining ommaviy dam olishi va turizm uchun joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan boʻlsa;

•  sanatoriy-kurort obʼyektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan boʻlsa;

Mol-mulk soligʻi boʻyicha sanatoriy-kurort xizmatlari koʻrsatish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulk obʼyektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan boʻlsa.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort obʼyektlari egallagan yerlar uchun mol-mulk va yer soligʻining kamaytirilgan stavkalarini qoʻllash yoki ushbu soliqlarni toʻlashdan ozod qilish vakolati berildi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan idoraviy dam olish uylari, pansionatlar,  sanatoriylar va boshqa obʼyektlarni (bolalar dam olish lageridan tashqari) xususiy sektorga sotish boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2021 yil uchun Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda respublikaning turistik zonalaridagi alohida yer uchastkalari, shu jumladan jismoniy shaxslar foydalanishida boʻlgan 1 gektardan ortiq yer uchastkalari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer soligʻining 3 baravarigacha oshirilgan stavkasini belgilash koʻzda tutiladi.

Asosiy mavzular