12:49 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
8110

Varshava – Toshkent – Riga charter reysi orqali 220 nafar fuqaro, ular orasida 17 nafar talaba Oʻzbekistonga olib kelindi.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Varshava – Toshkent – Riga charter reysi orqali 220 nafar fuqaro Oʻzbekistonga olib kelindi.

Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq Latviyaning “SmartLynx Airlines” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan Varshava – Toshkent – Riga reysi orqali 220 nafar fuqaro Oʻzbekistonga olib kelindi.

Samolyot bortida Polshada koronavirus sababli belgilangan qator tartiblar tufayli qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolari, talabalar, tadbirkorlar va migrantlar bor edi.

Shuningdek, mazkur  reys bilan Germaniya, Frantsiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Avstriyada tahsil olayotgan 17 nafar oʻzbekistonlik talaba ham vatanga qaytarildi.

Ushbu charter reys Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan Tashqi ishlar va Transport vazirliklari bilan birgalikda, pandemiya paytida vatanga qaytish istagidagi Oʻzbekiston fuqarolariga yordam berish maqsadida amalga oshirildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular