12:20 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
380 0 0

Rossiyaning Samara va Orengburg viloyatlaridan uchta poyezdda 2106 nafar Oʻzbekiston fuqarolari vatanga qaytarilmoqda.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Rossiyaning Samara va Orenburg viloyatlaridan Oʻzbekiston fuqarolari temir yoʻli orqali vatanga qaytarilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, 16 iyul kuni Toshkent tomon uchta yoʻlovchi poyezd yoʻlga chiqqan. Fuqarolarni rus-qozoq chegarasidan olib ketish tomonlar kelishuviga binoan amalga oshirilmoqda.

Ikkita yoʻlovchi poyezd 1404 nafar yoʻlovchi bilan Kinel (Samara viloyati) bekatidan va yana biri 702 nafar yoʻlovchi bilan Buzuluk (Orenburg) bekatidan yoʻlga chiqqan.

Har bir poyezdga Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi, IIV va SSV xodimlari hamrohlik qilmoqda.

Ushbu reys yoʻlovchilari darhol Namangan va Toshkent viloyatidagi karantin markazlariga joʻnatiladi.

Vazirlik Oʻzbekiston va MDH mamlakatlarida joriy etilgan mamlakatga kirishga oid cheklov oʻz kuchida qolayotgani va bekor qilinmaganini eslatib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston hududi orqali vatanga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolgʻon xabarga ishonib, rus-qozoq chegarasida toʻplanib qolgan edi. Elchixona Rossiya hududidagi vatandoshlardan turli yolgʻon xabarlar va mish-mishlarga ishonmaslik, Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻragan edi. Koronavirus infektsiyasi pandemiyasi tarqalayotgan bir paytda fuqalorning bir joyda toʻplanishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi.

Asosiy mavzular