18:13 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
523 0 0

Ilova jamoat joylarida fuqarolarning xotirjamligini taʼminlaydi va kasallik yuqtirib olish ehtimoli paydo boʻlganda ogohlantiradi.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. COVID-19 ga qarshi ijtimoiy masofani saqlash boʻyicha ogohlantiruvchi Self-Safety mobil ilovasi yaratildi.

Ilova Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda yaratilgan.

“Ilova mobil telefonning GPS va Bluetooth modullari yordamida foydalanuvchilardan birida kasallik aniqlansa, bir daqiqa ichida barcha foydalanuvchilarni 5 metr radiusda kesishgan nuqtalarini solishtiradi. Kesishuv nuqtalari aniqlangach, mazkur joylarda 5 metrli radiusda boʻlgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma koʻrinishida kasal bilan aloqada boʻlganlik ehtimoli toʻgʻrisida va keyingi xatti-harakatlar boʻyicha tavsiyalar beradi”, - deyilgan SSV xabarida.

Mobil ilova Android va iOS platformalarida mavjud. Roʻyxatdan oʻtishda ilova GPS va Bluetooth modullarini yoqib qoʻyish lozim.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda koronavirus bemori bilan muloqotda boʻlganlarni aniqlovchi “Birga Yengamiz” nomli ilova yaratilgani xabar qilingan edi.

Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular