Xususiy klinikalarga koronovirusni davolashga ruxsat berildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnisi v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti
Stroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnisi v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun PZR-testlar o‘tkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi berildi.

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. O‘zbekiston hududidagi barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolashga ruxsat berildi. Bu haqida 16-iyul kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilindi. 

Yig‘ilishda barcha xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun PZR-testlar o‘tkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi taqdim etilgani ta’kidlab o‘tildi. 

Shuningdek, yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va hokimliklarga xususiy va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqorida ko‘rsatilgan masalalarda faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yordam ko‘rsatish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda Respublikadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni keskin tanqid qilgan, sog‘liqni saqlash vaziri va Toshkent shahar hokimiga hayfsan e’lon qilgan edi. 

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasi bu borada tezlik bilan barcha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni topshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0