11:37 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1223)
65502

Sergeli tumani boʻyicha IIO FMB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash guruhi katta mutaxassis-muhandisi podpolkovnik Abdulaziz Toshev vafot etdi

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Koronavirusga chalingani tasdiqlangan yana bir ichki ishlar organi xodimi 12 iyul kuni vafot etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

"IIV rahbariyati va shaxsiy tarkibi Toshkent shahar Sergeli tumani boʻyicha IIO FMB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash guruhi katta mutaxassis-muhandisi podpolkovnik Abdulaziz Abduvahobovich Toshevning vafoti munosabati bilan marhumning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi", — deyiladi IIV matbuot xizmati tomonidan 16 iyul kuni eʼlon qilingan taʼziyanomada.

Toshev Abdulaziz
MVD Uzbekistana
Toshev Abdulaziz

Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan Sergeli IIO FMB podpolkovnigi Abdulaziz Toshevning vafot etganini tasdiqladi.

“Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 42 yoshli fuqaro T.A. (erkak) 2020 yilning 29 iyundan 12 iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining jarrohlik boʻlimida oʻtkir pankreatit, oʻt qopi jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash amaliyoti, gemoragik pankranekroz, oshqozonosti bezini drenajlash tashxisi bilan davolangan. Shuningdek, bemordan COVID-19 infektsiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.

Unga oʻtkir total yogʻli pankreonekroz, oʻtkir xolettsistit, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, mutaxassislar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, ikki tomonlama pnevmoniyadan vafot etgan”, - deyilgan xabarda.

Bundan avval, IIV matbuot xizmati 13 iyul, dushanba kuni Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, mayor Aʼloxon Abzalovich Shomahmudovning vafot etganini eʼlon qilgandi. 14 iyul, seshanba kuni esa IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Shavkat Nosirovich Nafasovning vafoti munosabati taʼziya eʼlon qilindi. 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1223)

Asosiy mavzular