21:28 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)
641 0 0

Hozirda mamlakatda 7218 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 72 nafari ogʻir, 21 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda tun davomida 243 kishida koronavirus tasdiqlandi.

“2020 yil 19 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 16429 (+243) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi kasallanganlarning 45 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 77 nafari Toshkent shahrida 36 nafari Andijon viloyatida, 22 nafari Namangan viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 1 nafari Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirga qadar 9127 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 7218 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 72 nafari ogʻir, 21 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda. Qurbonlar soni 84 nafarga yetgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)

Asosiy mavzular