21:31 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
445 0 0

Ijodkor oʻzining “Koʻmilgan xotiralar”, “Xatarli yoʻl”, “Kafansiz koʻmilganlar”, “Tirik ruhlar” kabi asarlari bilan kitobxonlar qalbidan joy egallagan edi.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

“Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ijod” jamoat fondi jamoasi Oʻzbekiston xalq shoiri, Uyushma aʼzosi Shukrullo domla Yusupovning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi”, - deyilgan xabarda.

Press-slujba Soyuza pisateley Uzbekistana
Poet Shukrullo Yusupov

Shukrullo Yusupov 1921 yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Xalq shoiri unvonidan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 

Ijodkor “Rossiya”, “Ikki qoya” kabi xalqlar doʻstligiga bagʻishlangan dostonlari, “Koʻmilgan xotiralar”, “Xatarli yoʻl”, “Kafansiz koʻmilganlar”, “Tirik ruhlar” kabi asarlari bilan kitobxonlar qalbidan joy egallagan.

Sputnik tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Asosiy mavzular