16:16 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
311 0 0

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida dunyoning 27 mamlakati jamoalari ichida 6 ta, jumladan, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston vakillari 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 6 ta medalni qoʻlga kiritdi va umumjamoa hisobida bronza medalga ega chiqdi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Butun dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni inobatga olib olimpiada 13-18 iyul kunlari onlayn tarzda oʻtkazilgan. Unda dunyoning 27 mamlakati jamoalari ishtirok etgan.

Olimpiadada Oʻzbekiston sharafini 2018-2019 oʻquv yilida Respublika fan Olimpiadasida va qoʻshimcha respublika olimpiadasi gʻoliblari orasidan saralab olingan oʻquvchilar himoya qildi hamda umumjamoa hisobida bronza medalini qoʻlga kiritdi:

  • Mirumid Mirakbarov (TPTI AL) (oltin medal);
  • Firdavs Sobirov (35-maktab Buxoro shahri) (bronza medal);
  • Dilshodaxon Isayeva (TPTI AL) (bronza medal);
  • Akobir Narzullayev (49-maktab Buxoro viloyati, Jondor tumani) (bronza medal);
  • Rustam Toʻxtaboyev (TPTI AL)(bronza medal);
  • Sobirjon Omonov (TDAU AL) (bronza medal);

Joriy yilda oʻquvchilar kimyoviy tajribalarisiz faqat ikkita nazariy bosqichdan oʻtdi. Olimpiada Toshkentdagi prezident maktabida sanitariya- gigiyena hamda karantin qoidalariga qatʼiy rioya etilgan holda tashkil etilgan.

25 iyul kuni Oʻzbekiston terma jamoasi 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida qatnashishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular