22:02 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
201 0 0

Hozirda mamlakatda 7 599 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 81 nafari ogʻir, 23 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda tun davomida yana 214 kishida koronavirus tasdiqlandi.

“2020 yil 20 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 16 966 (+214) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi kasallanganlarning 34 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 76 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 32 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Namangan viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 9 nafari Jizzax viloyatida hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 9 279 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sogʻaygan. 88 kishi virus qurboniga aylangan.

Hozirda mamlakatda 7 599 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 81 nafari ogʻir, 23 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular