23:21 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
118 0 0

Bosh vazirga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatga yetkazish topshirigʻi berildi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston kislorod kontsentratorlarini mamlakatga olish uchun maxsus samolyot ajratishga tayyor. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yigʻilishda maʼlum qilindi.

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, pandemiya davrida har bir bemorni davolash uchun kislorodga ehtiyoj keskin ortadi. Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi, Toshkent shaxar 1-son klinik shifoxonasi, Respublika birinchi va ikkinchi son klinik kasalxonasida hamda barcha yangi ochilayotgan “provizor” shifoxonalarida 1 000 dan ortiq kislorod oʻtkazadigan nuqtalar sonini koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Toshkent shahri hokimligi, Ichki ishlar vazirligi hamda har bir tuman hokimi oʻz hududida joylashgan tibbiyot muassasalarini doimiy asosda kislorod bilan toʻldirib borishga shaxsan masʼulligi belgilandi.

Chet davlatlarda oʻpka yalligʻlangan har bir bemor uchun zudlik bilan kislorod kontsentratorlariga maxsus niqoblar kiygizish orqali havo olishini yengillashtirib, qoʻliga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetishmovchiligi bartaraf qilinmoqda.

“Bosh vazirga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatimizga yetkazish topshirigʻi berildi. Buning uchun, agar kerak boʻlsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod kontsentratorlarini Oʻzbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari koʻrilishi lozimligi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda tasdiqlangan koronavirus holati 16 966 taga yetgan. 9 279 nafar bemor ushbu kasallikni yenggan. 88 kishi virus qurboniga aylangan.

Asosiy mavzular