21:29 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
335 0 0

Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga chalinganlar uchun shifoxonalarda oʻrin-joylar miqdori kamida 2-3 baravariga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda aniqlangan kasallarning yarmidan koʻpi (57%) Toshkent shahri va viloyatida aniqlanmoqda. Shu bilan birga kasallar soni yanada oshishi mumkin va shifoxonalar shunga tayyor boʻlishi kerak dedi, prezident 20 iyul kuni boʻlib oʻtgan videoselektor majlisida.

“Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas, deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev. Shu munosabat bilan qisqa muddatlarda ushbu kasallikka chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qoʻshimcha oʻrin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sigʻimi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshirilishini taʼminlash vazifasi qoʻyildi, deyilgan xabarda.

Bugungi kunda Toshkent shahri va viloyatida koronavirusga qarshi kurashda quyidagi tayyorgarlik ishlari koʻrilmoqda: 

  • Toshkent shahrida mavjud 16 ta klinikaga qoʻshimcha COVID-19ga  shubhali bemorlar uchun moʻljallangan yana 7 ta 850 oʻrinli “provizor” klinikalar tashkil qilindi;
  • “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatuvchi 500 oʻrinli - Taqsimlovchi markaz tashkil qilinmoqda;
  • Toshkent viloyatida koronavirus kasalligi gumonlangan shaxslarni davolash va nazoratini olib borish uchun 905 shifo oʻrin, diagnozi tasdiqlanganlar uchun 210 oʻrin statsionar shifoxonalar faoliyat koʻrsatmoqda va qoʻshimcha 350 zaxira oʻrin tayyorlab qoʻyildi;
  • Toshkent shahri tez tibbiy yordam stantsiyasida bir smenada ishlaydigan operatorlar soni 40 tadan 100 nafarga yetkazildi. Stantsiyaga qoʻshimcha elektr tarmogʻi ulandi, brigadalar soni 250 tagacha koʻpaytirildi. Tez yordam xizmatiga ulanish vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagacha qisqartirildi;
  • Xususiy klinikalarga ham koronavirusga chalinganlarga tibbiy yordam koʻrsatishga ruxsat berildi va hozirda ularning roʻyxati tuzilmoqda.

Undan tashqari, Toshkent shahri shifoxonalari qoʻshimcha 285 ta oʻpka sunʼiy ventilyatsiyasi apparati, 155 dona oʻpkani yordamchi nafas oldirish uskunasi, 140 dona kislorod kontsentratori, 200 ta funktsional yotoqlari bilan taʼminlandi.

Shuningdek, Toshkent viloyati tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 100 ta “Damas” ambulans mashinasi ajratildi, shulardan 25 tasi joylarga tarqatildi. 

Va, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash jarayoni uchun 49 xil turdagi dori vositalari zaxirasi uchun dastlabki 10 milliard soʻm pul ajratilishi rejalashtirildi.

Asosiy mavzular