Daromadsiz qolgan haydovchilar tez tibbiy yordam faoliyatiga jalb qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev yangi xarid qilinayotgan tez tibbiy yordam avtomobillari faoliyatiga daromadsiz qolgan malakali haydovchilarni jalb etish vazifasini qo‘ydi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli sohalaridan daromadsiz qolgan malakali haydovchilar tez tibbiy yordam avtomobillari faoliyatiga jalb etiladi. Bu haqda prezident o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“Shuningdek, yangi xarid qilinayotgan tez tibbiy yordam avtomobillari faoliyati uzluksizligini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli sohalaridan, birinchi navbatda, faoliyati to‘xtatilishi oqibatida daromadsiz qolgan yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti uyushmalarining malakali haydovchilari jalb etilishi yuzasidan vazifalar qo‘yildi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Barcha sektor rahbarlari ish kunini ertalabdan o‘z hududlarida kasalxonalardagi ahvolni o‘rganish bilan boshlashi qat’iyan belgilandi.

“Har bir rahbar bugungi kunda fuqarolarimizning sog‘ligini saqlab qolishdan muhim vazifasi yo‘qligini anglashi shart”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kasallik o‘chog‘ida o‘z jonini garovga tikib har bir kasalni o‘lim yoqasidan olib chiqayotgan shifokorlarimizni davlat mukofoti bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar kiritish topshirig‘i berildi.

Yangiliklar lentasi
0