22:35 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
21110

Toshkent shahridagi 75ta poliklinika koronavirus yengil va simptomsiz kechayotgan bemorlarga 24 soat xizmat koʻrsatish rejimiga oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 20 iyul - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi poliklinikalarni 24 soat xizmat koʻrsatish tartibiga oʻtkazishni topshirdi. Bu haqida prezident matbuot xizmati 20 iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanidan xabar qilmoqda. 

"Poytaxtdagi 75 ta polikinikaning imkoniyatlarini, ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan 3 mingdan ortiq shifokor va hamshirani infektsiyaning yengil va simptomsiz kechayotgan bemorlarga xizmat koʻrsatishga 24 soatlik uzluksiz rejimda toʻliq safarbar qilish topshirigʻi berildi", - deyilgan xabarda. 

Majlisda shuningdek, bugungi kunda oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari COVID-19ga qarshi kurashga toʻliq jalb etilmaganligi aytib oʻtildi. Prezident xususan quyidagi holatlarga eʼtibor qaratdi:

  • oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari aholiga yordam berish uchun 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazilmagan;
  • Toshkent shahridagi 11 ta tuman koʻp tarmoqli markaziy va 64 ta oilaviy polikinikada har birida 50 dan 200 nafargacha tibbiyot xodimi mavjud boʻlsa-da, ularning aksariyati kunning faqat birinchi yarmida bemorlarni qabul qilishadi;
  • har bir poliklinikada COVID-19 infektsiyasining yengil yoki simptomsiz kechayotgan bemorlarga konsultativ yordam koʻrsatish uchun shakllantirilgan 3 ta shifokordan iborat maxsus mobil brigada biriktirilgan boʻlishi kerak, ammo ayrim brigadalarda umuman vrach yoʻq;
  • deyarli barcha poliklinikalarda rentgen-diagnostika kabinetlari mavjud, lekin ularning imkoniyatlaridan umuman foydalanilmayapti.

Yuqoridagi muammolarni hal qilish vazifasi, hamda Toshkent shahridagi poliklinikalarni 24 soat xizmat koʻrsatish rejimiga oʻtkazish bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev va sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklatildi.

Prezident shuningdek, ushbu faoliyatga jalb qilinayotgan shifokor va hamshiralar mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqishni topshirdi.

Asosiy mavzular