22:29 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
196 0 0

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, ayrim texnik vaziyatlar sababli 71 xodim maosh olmagan.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Behzod Musayev koronavirusga qarshi kurashda xizmat qilgan tibbiyot xodimi maoshsiz qolib ketmasligini maʼlum qildi.

“Birorta koronavirusga qarshi kurashda mardona xizmat qilgan tibbiyot xodimi maoshsiz qolib ketmaydi. Ayrim texnik vaziyatlar sababli 71 xodim maosh olmagan ekan. Biz buni aniqladik. Lekin endi bu holatlarning barchasini bartaraf etamiz”, - dedi u Xalqaro press-klubning koronavirusga qarshi kurash va pandemiya davrida aholini qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan sessiyasida.

COVID-19 bilan kurashayotgan shifokorlarga qariyb 20 mlrd soʻm oʻz vaqtida toʻlanmadi

Uning soʻzlariga koʻra, bugun alohida telefon liniyasi ochaladi. Unga tibbiyot xodimlari maosh va shunga oʻxshash muammolari bilan murojaat qilishlari mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular