08:29 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
341 0 0

Tibbiyot muassasalari “Oʻzavtosanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan tez yordam avtomobillari bilan taʼminlanadi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. “Oʻzavtosanoat” AJ korxonalari “Volkswagen Caddy”, “Isuzu D-Max” va “Chevrolet Damas” avtomobillari bazasida maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomobillarini taqdim etdi. 

Kompaniya xabariga koʻra, mashinalar murakkab paytda – butun mamlakat yuqori tayyorgarlik holatida boʻlgan pandemiya davrida aholiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.

“Jizzax avtomobil zavodi” Toshkent shahar tibbiyot muassasalariga “Volkswagen Caddy” bazasida tez yordam avtomobillarini yetkazib berishni boshlaydi.

“Aholiga oʻz vaqtida yordam koʻrsatishga oʻzining tezkor ulushini qoʻshish uchun “Volkswagen Caddy” bazasidagi avtomobillar keyingi haftadanoq “front”ga chiqadilar”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, Samarqand avtomobil zavodidan ham “Isuzu D-Max” pikapi bazasidagi ambulanslar partiyasi yoʻlga chiqdi: 27 ta tez yordam mashinasi shahar sogʻliqni saqlash boshqarmasiga topshirildi.

Tez yordam xizmati maxsus sanitar avtoparkini kengaytirish va pandemiya davrida bemorlarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatish maqsadlarida UzAuto Motors mamlakat mintaqalariga “Chevrolet Damas” tez yordam avtomobillari partiyasini joʻnatdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq jihozlangan 250 dona tez yordam avtomobili poytaxt va mintaqalar hokimliklari buyurtmasiga koʻra yetkazib berildi.

Asosiy mavzular