22:41 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
197 0 0

Har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. “Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 iyuldan:

- koronavirus epidemiyasi davrida normativga qoʻshimcha ravishda kechayu-kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar haydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi;

- kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilanadi:

  • vrach xodimlarga – 2,5 mln soʻm;
  • oʻrta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln soʻm;
  • haydovchilarga – 1,0 mln soʻm.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar sonidan kelib chiqib ixchamlashtirilgan mobil tez yordam brigadalarining vaqtinchalik normativlari tasdiqlanadi.

Asosiy mavzular