18:43 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1222)
116910

Bir sutka davomida 542 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 17 149 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 542 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 17 149  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 29 nafari — karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar, 154 nafari — Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilgani sababli namuna olingan va bemor bilan muloqotda boʻlgan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 209 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi.

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 9 387 nafarga yetdi.

Ayni paytda 7 672 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 81 nafar bemor ogʻir ahvolda, 23 nafar bemor oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Toshkentda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli F.T. (ayol) koronavirusdan vafot etdi. Unda 8 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Bemorda kasallik sepsis, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ikkinchi holat: Toshkentda 51 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Yunusobod tumanida yashovchi V.T.da 5 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infektsiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik sepsis, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi hamroh kasalliklari bilan ham ogʻrigan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Uchinchi holat: Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 42 yoshli S.S. (erkak) koronavirusdan vafot etdi. Unda 17 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u oʻta ogʻir ahvolda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan va sunʼiy nafas berish apparatiga oʻtkazilgan.

Unga COVID-19 infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Bemorda kasallik sepsis, oʻtkir nafas yetishmovchiligining 4-darajasi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, stabil zoʻriqish stenokardiyasi, qandli diabetning dekompensatsiya bosqichi kabi hamroh xastaliklar bilan ham ogʻrigan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, u oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 90 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Shifokorlarga maosh

Prezident pandemiya bilan bogʻliq vaziyat murakkabligicha qolayotganini aytdi. Jumladan, oxirgi toʻrt kunda yangi aniqlangan 2 136 nafar bemorning 1 218 tasi (yaʼni, 57 foizi) poytaxt va Toshkent viloyatiga toʻgʻri keladi.

Toshkent shahrida mavjud 16 ta klinikaga qoʻshimcha COVID-19 ga  shubhali bemorlar uchun moʻljallangan yana 7 ta 850 oʻrinli “provizor” klinikalar tashkil qilindi. Klinikalarning tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq toʻlash masalasi hal qilindi.

Shavkat Mirziyoyev taʼkidlanidek, bugundan boshlab koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat bankining kassalari tashkil qilinib, shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi.

Qoʻshimcha oʻrin-joylar

OTM yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari koronavirusga chalinganlarni davolash uchun safarbar etiladi.

“Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas”, -  prezident dedi. Shu munosabat bilan qisqa muddatlarda ushbu kasallikka chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qoʻshimcha oʻrin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sigʻimi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshirilishini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.

Kislorod kontsentratorlari

Tadbirkorlarga kislorod kontsentratorlarini Oʻzbekistonga olib kelishda yordam koʻrsatiladi. Buning uchun maxsus samolyot ajratilishi mumkin.

Chet davlatlarda oʻpka yalligʻlangan har bir bemor uchun zudlik bilan kislorod kontsentratorlariga maxsus niqoblar kiygizish orqali havo olishini yengillashtirib, qoʻliga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetishmovchiligi bartaraf qilinmoqda.

Bosh vazirga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatga yetkazish topshirigʻi berildi.

Buning uchun, agar kerak boʻlsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod kontsentratorlarini Oʻzbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari koʻrilishi lozimligi qayd etildi.

Shoshilinch ishga qabul

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Zangiota tumani klinikasiga hamshiralar ishga qabul qilinishini haqida eʼlon berildi. Hamshiralarning ish grafigi 14 kun, ish haqi – 15 million soʻm. COVID-19 bilan yuzaga kelgan vaziyat tufayli Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi shifoxonaga shoshilinch ravishda hamshiralar ishga qabul qilish jarayoni boshlangan.

Toshkent hokimligi tomonidan ham tibbiyotchilarni yuqori maoshli zaxira ish oʻrinlariga qabul toʻgʻrisida eʼlon berildi.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 14,5 milliondan oshdi, 606 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (3,8 mln), Braziliyada (2,1 mln), Hindistonda (1,1 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1222)

Asosiy mavzular