Biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi prezident farmoni imzolandi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti aholi, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Farmon bilan 2020-yil 1-iyuldan 2020 yil 31-dekabrga qadar:

  • umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi;
  • jismoniy shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
  • mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq maqsadida ijara to‘lovlarining eng kam stavkalarini qo‘llash tartibi to‘xtatib turiladi;
  • ijaraga beruvchilarga 2020-yil uchun ijara to‘lovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan, taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara to‘lovini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

2020 yil 1-apreldan 2020 yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.

PF–5969-son farmonda belgilangan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati 2020 yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi.

Mujchina s portfelem v rukax  - Sputnik O‘zbekiston
Biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi

Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib berish orqali sotish huquqi beriladi.

2020 yil 1-iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan xodimlarning yillik o‘rtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshiriladi.

2020 yil 31-dekabrga qadar prezidentning 18-maydagi prezident farmoni bilan belgilangan soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilinish muddati uzaytiriladi. Jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari, bozorlar va savdo majmualari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish joylari, jamoat transportlari tashkilotlari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchilarni tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar mol-mulk va er solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga pasaytiriladi. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari va uridik shaxslar bundan mustasno.

Tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)ni olib kirishda (import) qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kungacha kechiktirish huquqi beriladi.

Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qo‘shimcha 98 mln dollar ajratildi

Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va ko‘mak” fondiga, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” fondiga, shu jumladan ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi bo‘linmalariga beg‘araz beriladigan tovarlar (xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar 2020-yilning 31-dekabriga qadar uzaytiriladi.

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalar nafaqasi, shuningdek, ikki yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi bo‘yicha nafaqalarga jismoniy shaxslar daromadlariga soliq hisoblashda umumiy daromad sifatida qaralmaydi.

Yangiliklar lentasi
0