Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Farg‘ona vodiysida sezildi

© AFP 2023 / FREDERICK FLORINSeysmografiya, arxivnoe foto
Seysmografiya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi Farg‘ona vodiysida sezildi. Uning kuchini Namangan, Andijon va Farg‘ona aholisi sezgan.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Toshkent vaqti bilan 21-iyul kuni soat 10:08 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar bermoqda.

Zilzila 40,17 daraja shimoliy kenglik va 71,46 daraja sharqiy uzunlikda yuz bergan. Yer silkinishi 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan bo‘lib, zilzila markazida uning magnitudasi 3,8 ballni tashkil qilgan.

Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 225 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan.

Zilzila kuchi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sezilgan:

- Namangan: 94 kilometr, 2 ball;

- Andijon: 101 kilometr, 2 ball;

- Farg‘ona: 36 kilometr, 4 ball.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi 5 balli zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0