19:55 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1158)
490 0 0

Xitoyning “Sinopharm Group” kompaniyasi rahbari vaktsinaning soʻnggi, yaʼni uchinchi bosqichini Oʻzbekistonda oʻtkazishni taklif qildi.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonlik mutaxassislar xitoylik hamkorlari bilan birgalikda koronavirusga vaktsinaning uchinchi – soʻnggi bosqichini oʻtkazishlari mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.

Bu haqda Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidov va “Sinopharm Group” boshqaruvi raisi Lyu Tszinchjen oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida maʼlum qilindi. Uchrashuvda koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Xitoy tomoni China National Biotec Group (CNBG boʻlinmalaridan biri – “Sinopharm Group”) tomonidan ishlab chiqilgan inaktivlashtirilgan va rekombinant vaktsina klinik sinovlarining ikki bosqichi muvaffaqiyatli oʻtganini bildirgan.

“Yaqinda Xitoy aholisi oʻrtasida klinik sinovlarning oxirgi, yaʼni uchinchi bosqichi boshlangan. Korporatsiya rahbari Oʻzbekiston hududida ham ana shunday sinovni oʻtkazishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, bir paytning oʻzida vaktsina sinovlari Birlashgan Arab Amirliklarida ham oʻtkaziladi. Unda 15 ming nafar odam ishtirok etadi.

Mazkur vaktsina inson tanasiga yuborilganidan keyin inaktivlashtirilgan taʼsir qilish muddati 2 yil va undan koʻproq muddatni tashkil qiladi. Bugungi kunda Xitoy hududida 50 mingdan koʻproq odam ushbu  vaktsinani qabul qilgani maʼlum.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1158)
Teglar:
vaktsina, Xitoy, koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular