22:05 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
150 0 0

Oʻzbekistonda kecha, 20 iyul kuni 2020-2021 oʻquv yili uchun abituriyentlarni roʻyxatga olish oʻz nihoyasiga yetdi.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Davlat test markazi abituriyentlarga murojaat bilan chiqdi.

Bildirilishicha, test sinovlarida ishtirok uchun toʻlov muddati bir kunga uzaytirilgan.

“Hozirda onlayn roʻyxatdan oʻtgan, lekin toʻlovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar mavjud boʻlib, ular 21 iyul kuni soat 23:59 qadar toʻlovni amalga oshirishlari mumkinligini maʼlum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Markaz test sinovlari uchun toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar roʻyxatdan oʻtmagan hisoblanishi va test sinovlarida ishtirok eta olmasligini eslatib oʻtgan.

Taʼkidlash joizki, test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (111,5 ming soʻm) miqdorida toʻlovni amalga oshiradilar.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 20 iyul kuni 2020-2021 oʻquv yili uchun abituriyentlarni roʻyxatga olish oʻz nihoyasiga yetdi. Respublika boʻyicha jami 1 452 789 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi.

Asosiy mavzular