20:39 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
101210

Bir sutka davomida 441 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 17 755 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 441 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 17 755  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 54 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 76 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi.

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 9 463 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 199 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 76 nafari ogʻir, 28 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.M. (erkak) 25 iyun kunidan 14 iyul kuniga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida “Oʻtkir strangulyatsion ingichka ichak tutilishi”  tashxisi bilan statsionar davolangan.

Bemorda 14 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va oʻta ogʻir holatda Zangiota tumanidagi Koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklari shifoxonasiga oʻtkazilgan.

Unga “COVID-19” infektsiyasining ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, ingichka ichak rezektsiyasi va anastomozi operatsiyasidan soʻnggi holat tashxisi qoʻyilgan. Bemorda kasallik oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan u oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir holat: Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.I. (ayol) joriy yil 25 iyundan 14 iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolangan.

15 iyul kuni unda “COVID-19” tasdiqlangan va u oʻta ogʻir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilib, sunʼiy nafas berish apparatiga ulangan.

Bemorga “COVID-19” infektsiyasining ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning ogʻir kechishi tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir respirator distress sindrom, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, oʻpka shishi hamda poliorgan yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, infarktdan keyingi kardioskleroz, qandli diabetning ogʻir kechishi kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda oʻpka shishidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 93 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Vaktsina sinovi

Oʻzbekistonlik mutaxassislar xitoylik hamkorlari bilan birgalikda koronavirusga vaktsinaning uchinchi – soʻnggi bosqichini oʻtkazishlari mumkin.

Xitoy tomoni China National Biotec Group (“Sinopharm Group”) tomonidan ishlab chiqilgan inaktivlashtirilgan va rekombinant vaktsina klinik sinovlarining ikki bosqichi muvaffaqiyatli oʻtganini bildirgan.

Yaqinda Xitoy aholisi oʻrtasida klinik sinovlarning oxirgi, yaʼni uchinchi bosqichi boshlangan. Korporatsiya rahbari Oʻzbekiston hududida ham ana shunday sinovni oʻtkazishni taklif qildi.

Yangi toʻlqinni qanday toʻxtatish mumkin

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov CoViD-19ning yangi toʻlqinini qanday toʻxtatish mumkinligi borasida oʻz fikrini bildirdi.

Qodirovning aytishicha, viruslarni aniqlash va ular bilan kurashishda Isroil davlatidagi tajriba oʻrgangulik.

"Ular 2020 yilning 1 sentyabrigacha barcha kiruvchilar uchun chegaralarini yopdi. Nimaga? Chunki ichkariga kirgan har bir inson virusning yangi, borayotgan joyidagi muhitga moslashmagan tipini olib kirishi mumkin. Bu yangi toʻlqin degani. Paygʻambarimiz (s.a.s) ham “Vabo tarqalgan joyga bormangiz, agar turgan joyingizda vabo boʻlsa u yerdan ketmangiz” deb bekorga aytmaganlar.

Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni toʻxtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida oʻylashimiz kerak. Bu birinchi navbatda oʻsha vatandoshimizning qarindoshlariga, qolaversa butun Oʻzbekistonga yaxshilik boʻladi", - deb yozgan partiya rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 14,7 milliondan oshdi, 609 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (3,8 mln), Braziliyada (2,1 mln), Hindistonda (1,2 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular