18:22 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
118 0 0

Sudlangan shaxslarning 11 401 nafari erkaklar, 1 347 nafari ayollar, 4 954 nafari yoshlar, 257 nafari voyaga yetmaganlar va 396 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslardir

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston jinoyat sudlari birinchi yarim yillikda 13,9 mingta ishni koʻrib chiqdilar.

"Oʻzbekistonda 2020 yilning birinchi yarim yilligida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 17 251 nafar shaxsga nisbatan 13 990 ta ish koʻrib chiqildi. Mazkur koʻrsatkichlar 2019 yilning shu davriga nisbatan shaxslar boʻyicha 8 foizga, ishlar boʻyicha esa 2 foizga kamaygan", - deyiladi Oliy sub rasmiy axborotida.

Xususan, 363 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan, sudlangan shaxslar soni 12 748 nafarni tashkil etib, shundan 3 896 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 8 852 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan, 545 nafar shaxs shartli hukm qilingan. Sudlangan shaxslarning 11 401 nafari erkaklar, 1 347 nafari ayollar, 4 954 nafari yoshlar, 257 nafari voyaga yetmaganlar va 396 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Shuningdek, 1 455 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilingan, 10 331 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 3 234 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirilgan, 2 505 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalangan.

115 nafar yoshlarga, 23 nafar ayolga va 386 nafar shaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ayrim jinoyat turlari, xususan, qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik, oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, oʻgʻrilik, qasddan badanga ogʻir va oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, odam savdosi, mansab soxtakorligi, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish kabi jinoyatlar uchun sudlanganlik koʻrsatkichlari kamaygan.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 3 535 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Yetkazilgan 118,5 mlrd. soʻmdan ziyod moddiy zararning oʻrnini qoplagan 1 319 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan.

3 646 ta jinoyat ishi, yaʼni barcha ishlarning qariyb 26,1 %i sayyor sud majlislarida koʻrib chiqilgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan nazorat tartibida 808 nafar shaxsga nisbatan 661 ta ish koʻrib chiqilgan. 519 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilingan va 197 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirilgan.

Asosiy mavzular