14:31 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
206 0 0

Hozirda mamlakatda 8 554 nafar bemor davolanmoqda.Ulardan 101 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda aniqlangan koronavirus holati 18,1 mingdan oshdi.

“2020 yil 22 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 18 171 (+290) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi kasallanganlarning 131 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 61 nafar Andijon viloyatida, 50 nafari Surxondaryo viloyatida, 19 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda 13 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 9 521 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (52 foiz) sogʻaygan. Qurbonlar soni 96 nafarga yetgan.

Hozirda mamlakatda 8 554 nafar bemor davolanmoqda.Ulardan 101 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular