14:53 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
10310

Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin oʻzbekistonlik talaba charter reys orqali Oʻzbekistonga olib kelindi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Rossiyaning Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin oʻzbekistonlik talaba charter reys orqali mamlakatga olib kelindi.

OʻzA xabariga koʻra, bu prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan amalga oshtirilgan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga koʻra tekshiruvdan oʻtgan Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfektsiya qilingan.

“Tomsk shahri Sibir federal okrugida tahsil olayotgan bu talabalar sogʻligʻini saqlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda karantinga olinadi. Soʻngra oilasi bagʻriga qaytadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bir guruh oʻzbekistonlik talabalar bosh vazir Abdulla Aripovga videomurojaat yoʻllab, uylariga qaytish uchun charter reys tashkillashtirib berishni iltimos qilishgan edi. 

Asosiy mavzular