03:06 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
249 0 0

Xususan, - kun davomida tuman miqyosida harakatlanish, shuningdek, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yoʻnalishsiz taksilarning harakati toʻliq toʻxtatiladi.

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Beruniy tumanida 21 iyuldan 1 avgustgacha kuchaytirilgan tartibda karantin qoidalari joriy qilindi. Bu haqda tuman aʼborot-xizmati xabar bermoqda.

1 avgustga qadar tuman miqyosida qoʻshimcha ravishda quyidagi karantin cheklovlari kiritildi:

- kun davomida tuman miqyosida harakatlanish, shuningdek, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yoʻnalishsiz taksilarning harakati toʻliq toʻxtatiladi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan cheklovlar maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 iyuldagi 34-son yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Davlat organlari va muassasalari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga 21 iyuldan 1 avgustga qadar xodimlarni ishga jalb etmaslik, imkoniyat doirasida masofadan ishlash, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish tavsiya etiladi.

Tuman atrofidagi yoʻl patrul xizmati maskanlari, blokpostlar va toʻsiq postlar faoliyati Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshkarmasi 2-alohida otryadi va tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi vakillarini jalb qilgan holda kuchaytiriladi.

Tuman Davlat soliq inspektsiyasi "Shabboz dehqon bozori" MCHJ bilan birgalikda sotuvchi va haridorlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida bozor faoliyatini 2020 yil 1 avgustga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 07:00 dan 10:00 gacha tashkil qilish belgilandi.

Fuqarolarga zaruriy hollardagina tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun koʻchada karantin talablariga qatʼiy rioya qilgan holda harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Fuqarolarning karantin davrida joriy etilgan tartib va qoidalar hamda "oʻzini yakkalash" hayot tarziga zid ravishda sababsiz uydan tashqariga chiqishi, jamoat joylarida boʻlishi maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Supermarket va boshqa yirik doʻkonlarda sanitariya-epidemiologik nazorat yanada kuchaytirilishi, ushbu obʼyektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37°S va undan yuqori boʻlgan yohud infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda ushbu majmualarga kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda boʻlish, shuningdek, obʼyektga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qoʻlqop bilan taʼminlash ishlari yoʻlga qoʻyiladi.

Aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida hududlardagi oziq-ovqat doʻkonlari karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda faoliyat olib boradi.

Tuman hududiga kirib-chiquvchi avtotransport vositalarining harakatini cheklash, xalqaro va mahalliy tranzit yuk avtomashinalarining tuman hududidagi aholi punktlariga kirmasdan, toʻxtamasdan aylanma yoʻllar orqali oʻtishini taʼminlash yoʻlga qoʻyildi. Tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi, tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan birgalikda tuman hududida keng miqyosdagi dezinfektsiya ishlarini olib borish belgilandi.

Tumanda COVID-19 ni yuqtirish holati 1 iyul kuni qayd etilgan va bugungi kunda virusni yuqtirganlar soni 44 nafarni tashkil etmoqda. 21 xonadon karantinga olingan.

Asosiy mavzular