Karantin qachon tugasa, test o‘shanda o‘tkaziladi - DTM

© Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatiV Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi
V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hammasi karantin tugashiga bog‘liq - DTM vakili test sinovlari qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi haqidagi savollarga javob berdi.

TOShKENT, 22-iyul- Sputnik. Karantin qachon tugasa, test o‘shanda o‘tkaziladi, dedi DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov 22-iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda. 

"Imtihonni keyinga ko‘chirish bo‘yicha taklif berilgan. Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, test sinovi o‘shanda o‘tkaziladi. Agar 15-avgustda bekor qilinsa, 15-avgustdan keyin, 1-sentabrda bekor kilinsa, 1-sentabrdan keyin o‘tkaziladi", - dedi Rajabov.

Shuningdek, DTM vakili imtihonlar bo‘lib o‘tadigan joylar haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra testlar bo‘lib o‘tadigan joylar ro‘yxati hali tasdiqlanmagan. 

"Imtihonlar o‘tkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin ma’lum qilamiz. Statsionarga aylantirilgan pavilonda imtihon o‘tkazilmaydi.

Test sinovlari uchun tanlangan joylar katta sig‘imli inshoot bo‘lishi aniq", - dedi boshqarma boshlig‘i.

Bugun 22-iyul kuni AOKA zalida "2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari, tahlil va xulosalar" mavzusida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 20-iyul kuni 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish o‘z nihoyasiga yetdi. Respublika bo‘yicha jami 1 452 789 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0