13:29 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
123220

Sibirlik olimlar inson organizmni kerakli vitamin, aminokislota va “umri uzoqlik oqsillari” bilan toʻydiruvchi oddiy mahsulotni aniqlashdi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Sibir federal universiteti olimlari grechkaning inson organizmiga taʼsirini oʻrganishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

Olimlar aniqlashiga koʻra, doimiy ravishda grechka isteʼmol qilish sut emizuvchilar organizmida “umri uzoqlik oqsili” yoki sirtuinlar miqdori oshishiga olib kelar ekan.

Sirtuinlar – oqsil moddalarning bir turi boʻlib, ular yogʻ hujayralari paydo boʻlishi, moddalar almashinuvi va glyukoza paydo boʻlishida ishtirok etadi. Ushbu oqsillar tarkibiga kiruvchi SIRT1 moddasi – hujayra ichidagi jarayonlarda faol ishtirok etib, organizm qarish va stresslarga dosh berish mexanizmlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, deyilgan v Journal of Cereal Science ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada.

SFU Biofizika fakulteti kafedra boshligʻi Valentina Kratasyuk boshchiligida oʻtkazilgan ilmiy oʻrganish natijasida qiziqarmi maʼlumotlar olingan.

Xususan, organizm qanchalik kam kaloriya isteʼmol qilsa, shuncha koʻp umri uzoqlik oqsillari ishlab chiqaradi. Och qolish jearayonida organizmda “hujayralarni davolash” va ularning umrini uzaytirish mexanizmi ishga tushadi, deyilgan olimlar xulosasida.

Shu bilan birga, ayrim toifadagi odamlar uchun och qolish mutlaq taʼqiqlangan. Masalan ogʻir kasal boʻlgan, homilador boʻlgan va yosh bolalar och qolisha organizmga zarar yetkazishi mumkin.

SIRT1 oqsili grechka va un mahsulotlarida boʻladi. Ushbu ovqatlar nafaqat Rossiya balkim Xitoy, Yaponiya, Koreya va Hindistonda milliy taomlarida ham koʻp miqdora isteʼmol qilinadi. Grechkaning vatani aslida Hindiston, deydi Kratasyuk.

Grechkaning afzalligi shundaki, unda organizm uchun zarur boʻlgan oʻsimlik oqsili va aminokislotalar, V guruhi vitaminlari hamda katta miqdorda kletchatka bor. Oʻsimlik oqsili va aminokislotalar yordamida inson organizmi oʻz oqsilini ishlab chiqarsa,   V guruhi vitaminlari – asablar va qon tomirlar sogʻligʻi uchun, kletchatka – toʻyish hisi paydo boʻlishi uchun kerak.

Grechixa – bu haqiqiy superfud. U SIRT1 – oqsili manbai. Biz buni birinchi boʻlib aniqladik. Uzum ham inson umrini uzaytirishi aniqlangan, lekin koʻp hududlarda uni yetishtirish qiyin va samara berishi uchun uni juda koʻp miqdorda isteʼmol qilish kerak”, - deydi SFUning yana bir olimi dotsent Shubxra Pande.

Tajriba natijasida tarkibida grechka boʻlgan ovqat doimiy ravishda vazn ortishiga olib kelgan. Shu bilan birga tajriba hayvonlarida SIRT1 miqdori 30 baravar oshishi kuzatilgan. Olimlar fikriga koʻra bu optimal koʻrsatgich.

Dolgojitel Dumitru Komanesku
Facebook / Centrul Municipal pentru Dialog București

Tajriba davomida SFU olimlari oddiy och qolish diyetasi bilan birga grechkali diyetaning farqini ham aniqlashdi. Oddiy och qolish diyetasi vaqtida tajriba kalamushlarida oqsil moddalari umumiy miqdori 19 %ga, oshqozonda 95 %ga, jigar va boʻyrakda 35 va 27 %ga kamaygan.

Xuddi shunday jarayonni qattiq diyeta qilayotgan odamlarda ham kuzatish mumkin. Organizm oqsil yetishmovchiligidan zarar koʻradi. Masalaning ikkinchi tomoni, grechkani haddan ziyod isteʼmol qilish natijalari ham kuzatildi, lekin buning salbiy oqibatlari, yaʼni organizmda haddan ziyod miqdorda SIRT1 oqsili ishlab chiqarilishi oqibatida oksidlanishning kuchayishi kuzatilmadi, deyilgan xabarda.

Grechka xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha izlanishlar Sibir Federal universiteti, Krasnoyarsk davlat tibbiyot universiteti, Sibir tibbiyot muammolari ITI va RFAning  Sibirdagi markazi ishtirokida oʻtkazildi.

Asosiy mavzular