Lavashning foydasi va zarari haqida - ekspert fikri

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMujchina neset xleb iz pekarni
Mujchina neset xleb iz pekarni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yupqa nonni iste’mol qilish sog‘lom ovqatlanishning bir qismi sifatida qabul qilina boshlandi. Lavash haqiqatan ham oddiy nondan ko‘ra foydaliroqmi?

Yupqa nonni iste’mol qilish sog‘lom ovqatlanishning bir qismi sifatida qabul qilina boshlandi. Lavash haqiqatan ham oddiy nondan ko‘ra foydaliroqmi, bu haqda Sputnik radiosiga ekspert Sergey Malozemov gapirib berdi.

Verxniy byef Farxadskoy gidroelektrostansii na reke Sirdarye. - Sputnik O‘zbekiston
Non va boshpana uchun - bilim, kanal va GESlar: chkalovchilarning mehnat jasoratlari

Tandirning ichki devorida pishirilgan, bug‘doy unini namakob suv bilan aralashmasidan tayyorlangan yupqa non ko‘pchilikning qalbini zabt etdi. Lavashning foydasi haqida afsonalar ko‘payib ketgan, u stolda odatiy oq nonni siqib chiqarmoqda. Ammo oddiy nonni lavash bilan almashtirishdan ko‘p ham mo‘’jiza kutib bo‘lmaydi, deydi “Jivaya yeda s Sergeyem Malozemovim” dasturining muallifi va boshlovchisi Sergey Malozemov Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

“Lavash oddiy nondan ko‘ra ko‘pi bilan 20-30% ga foydaliroq, ya’ni judayam ahamiyatli emas. Odatda, lavashda kamroq shakar foydalaniladi, lekin ba’zida unda keragidan ko‘p tuz ishlatiladi. Lavashning yani bir e’tiborga loyiq tomoni bor – u kamroq hajmda talab etiladi, u anchagina zich, u o‘zida ancha ko‘p narsa ushlab tura oladi, xuddi shu rollar kabi. Shuning xisobiga siz kamroq zararli tez uglevodlarni iste’mol qilasiz. Tarkibi jihatidan, tarkibida shakarning ozligini hisobga olmasak, aslida u oq nonning o‘zginasi”, - deya tushuntiradi Sergey Malozemov.

Ekspertning ta’kidlashicha, lavashning asosini kraxmal tashkil etadi, u glyukoza molekulalari birlashuvi bo‘lib, bir zumda tanada ajralib ketadi. Diyetologlarning tilida bu “yashirin shakar” deb nomlanadi.

Malozemovning fikriga ko‘ra, lavashning mashhurligida marketingning ma’lum bir ulushi bor. Xuddi shu narsa, masalan, beygllarga ham tegishli, deb hisoblaydi ekspert.

“Bu ba’zida sendvichlar tortiladigan teshik kulchalar. Tarkibi nuqtayi nazaridan, u oq non bilan bir xil, ammo u yanada zamonaviyroq yangraydi, qiziqroq yangraydi, va shu bilan o‘ziga jalb qiladi. Bu bilan o‘zingizni aldashni keragi yo‘q”, - deb tushuntirdi Sergey Malozemov.

Yangiliklar lentasi
0