Abituriyentlar eng ko‘p tanlagan OTMlar ma’lum qilindi

© Sayt SamGuSamarkandskiy Gosudarstvenniy universitet
Samarkandskiy Gosudarstvenniy universitet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha jami 1,4 milliondan ziyod abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning eng ko‘pi 1-OTM sifatida Samarqand davlat universitetini tanlagan.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Davlat test markazi joriy yilda eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini e’lon qildi.

Abituriyentlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tishda 1-OTM sifatida eng ko‘p tanlangan OTMlar:

1. Samarqand davlat universiteti – 75 ming 325 nafar.

- Kunduzgi ta’lim shakli – 32 903 nafar;

- Sirtqi ta’lim shakli – 38 042 nafar;

- Kechki ta’lim shakli – 4 380 nafar.

2. Qarshi davlat universiteti – 58 ming 118 nafar.

- Kunduzgi ta’lim shakli – 24 432 nafar;

- Sirtqi ta’lim shakli – 33 686 nafar.

3. Andijon davlat universiteti – 57 ming 498 nafar.

- Kunduzgi ta’lim shakli – 28 387 nafar;

- Sirtqi ta’lim shakli – 29 111 nafar.

4. Urganch davlat universiteti – 53 ming 255 nafar.

- Kunduzgi ta’lim shakli – 25 471 nafar;

- Sirtqi ta’lim shakli – 27 784 nafar.

5. Termiz davlat universiteti – 51 ming 787 nafar.

- Kunduzgi ta’lim shakli – 26 397 nafar;

- Sirtqi ta’lim shakli – 24 996 nafar;

- Kechki ta’lim shakli – 394 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu yilgi kirish imtihonlari karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, o‘shanda o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi. Sentabrda o‘tkazilish ehtimoli ham bor. O‘zbekistonda bo‘yicha jami 1 452 789 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0