23:09 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
104 0 0

Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar dorini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini takroran buzganlik uchun 5 yilgacha qamalish mumkin.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.

Yangi qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bogʻlik noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik koʻrsatilgan moddalariga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilandi.

Ushbu harakatni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etganlik uchun aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mazkur oʻzgartirishlar qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Asosiy mavzular