O‘zbekistonda koronavirus: 22-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPost v Tashkente
Post v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 324 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Logotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
JSST O‘zbekistonga qiymati 4 mln dollardan ziyod insonparvarlik yukini yetkazib berdi

Bir sutka davomida 443 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 324 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 145 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 9 554  nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 673 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘lim holatlari

Nukus shahrida yashovchi 42 yoshli B.D.da (erkak) joriy yil 3-iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi, semizlik 2-darajasi asoratlari bilan kechgan.

Meditsinskiy rabotnik vo vremya postanovki kapelnisi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan uyda davolanayotgan bemorlar soni ochiqlandi

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir holat: Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli V.X. (ayol)da 18-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

O‘zbekistonda jami 97 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Vatanga qaytgan talabalar

Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali mamlakatga olib kelindi. Sibir federal okrugida tahsil olayotgan talabalar karantinga olinadi.

Test sinovlari

Test sinovlarini keyinga ko‘chirish bo‘yicha taklif berilgan. Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, imtihon o‘shanda o‘tkaziladi.

“Agar 15-avgustda bekor qilinsa, 15-avgustdan keyin, 1-sentabrda bekor qilinsa, 1-sentabrdan keyin o‘tkaziladi. Imtihonlar o‘tkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin ma’lum qilinadi. Statsionarga aylantirilgan pavilonda imtihon o‘tkazilmaydi.

Devushka v prirodno-landshaftnom parke Zaradye v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya Yangi yilgacha davom etadi – akademik

Test sinovlari uchun tanlangan joylar katta sig‘imli inshoot bo‘lishi aniq” – dedi DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov.

JSST yordami

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy burosi O‘zbekistonga qiymati 4 million dollardan ziyod insonparvarlik yukini yetkazib berdi. 1-chi partiyada - 619,4 ming dona himoya vositasi va 2,1 mlndan ziyod jarrohlik niqobi, 2 - chi partiyada himoya ko‘zoynagi (95,2 ming dona), himoya xalatlari (178 ming dona), jarrohlik niqoblari (12 ming dona), KN95 respirator niqoblaridan (1 mln dona) yetkazib berildi.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 14,9 milliondan oshdi, 616 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (3,9 mln), Braziliyada (2,2 mln), Hindistonda (1,2 mln).

Yangiliklar lentasi
0