02:41 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
29421

Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar boʻlib oʻtadigan Xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etadi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Mariya Naumenko. Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar boʻlib oʻtadigan Xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga respublika Mudofaa vazirligi maʼlum qildi. Vazirlik ishtirokchilar COVID-19 tarqalishi tufayli joriy etilgan barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishini taʼkidladi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, ArMI-2020 da oʻzbekistonlik harbiylar Rossiya hududida boʻlib oʻtadigan 12 ta musobaqalarda ishtirok etishadi: “Tank biatloni”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Zirhlangan tank texnikasi ustasi”, “Musaffo osmon”, “Ot marafoni”, “Xavfsiz yoʻnalish”, “Elburs halqasi”, “Xavfsiz muhit”, “Harbiy ralli”, “Sodiq doʻst”, “Qoʻshin razvedkasi aʼlochisi” va “Qurolsoz usta”.

Bundan tashqari, oʻzbek harbiylari ona yurtidagi ikki musobaqalarda ishtirok etishadi. Bu “Harbiy- tibbiy estafeta” va “Yoʻl patruli” musobaqalari. Shuningdek, ular Qozogʻistondagi aloqa boʻlinmalarining “Ishonchli qabul” va Belarusdagi “Merganlar chegarasi” musobaqasida bellashishadi.

Mudofaa vazirligi Oʻyinlar davomida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq sanitariya meʼyorlariga rioya qilinishini qayd etdi. Har kuni musobaqa ishtirokchilarining haroratlari oʻlchanadi. Harbiy xizmatchilar niqob taqib yurishlari shart boʻladi. Harbiy qismga kirishda dezinfektsion yoʻlakdan oʻtiladi. Qolaversa, musobaqa tomoshabinlari soni cheklanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Armiya-2020” forumi va Xalqaro armiya oʻyinlari pandemiya tufayli bekor qilinmasligini maʼlum qilgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari Aleksandr Kanshinning soʻzlariga koʻra, bu yilgi Oʻyinlarda 28 ta mamlakatdan 190 ta harbiy jamoa qatnashadi. Bir yil oldin boʻlib oʻtgan musobaqalarda 39 ta mamlakatdan 223 ta jamoa kuch sinashgan edi. Ular orasida Qozogʻiston, Xitoy, Armaniston bor edi. Oʻyin musobaqalari 10 ta mamlakat hududida, jumladan, Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida boʻlib oʻtgandi.

2019 yilda respublika ilk bor Oʻyinlarning hamtashkilotchilaridan biri boʻldi va “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovini oʻtkazdi.

2019 yilda oʻzbek harbiylari 14 ta yoʻnalishda ishtirok etdi. Oʻshanda Oʻzbekiston 39 ta mamlakat orasida sharafli beshinchi oʻrinni egallagan edi. Oʻzbek harbiylari “Tank biatloni” va “Harbiy-tibbiy estafeta”da oltin medalni qoʻlga kiritgan edi. Bundan tashqari, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqishgan edi.

2020 yilda Xalqaro armiya oʻyinlari oltinchi marotaba oʻtkaziladi. ArMI doirasida 30 ta tanlov tashkil etiladi.

Asosiy mavzular