23:45 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
42403

Deputat Rasul Kusherbayevning ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan xatiga javoban UzAuto Motors oʻzining yarim yillik xayriya faoliyati haqida batafil maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. UzAuto Motors Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan xatiga oʻz rasmiy javobini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Kusherbayev 20 iyul kuni Oʻzavtomotorsni Damas tez yordam mashinalarini Fargʻona viloyati hokimligiga oshirilgan narxlarda sotishda ayblagan edi.

Bunga javoban kompaniya qoʻyidagilarni xabar qilmoqda:

  • Epidemiya boshida “Oʻzavtosanoat” va boʻlinmalari “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoatchilik fondiga 1 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ oʻtkazdi.
  • Aprel oyida kompaniya respublikaga xorijiy hamkorlaridan 2 milliard soʻmlik tibbiyot jihozlarini keltirish tashabbuskori boʻldi.
  • Yana 2 milliard soʻmga teng mablagʻ tarmoq korxonalari tomonidan Sardoba suv ombori yorilishi va Buxoro viloyatidagi toʻfondan zarar koʻrganlar foydasiga oʻtkazildi.
  • Shuningdek, karantin muassasalarining qurilishi uchun OʻSV apparatlari va 2500 ta konteyner begʻaraz taqdim etildi.
  • Epidemiyaning ilk kunlarida, hali maxsus karantin markazlari yaratilmagan paytda, “Oʻzavtosanoat” AJ Hojikentdagi “Lochin” idoraviy sogʻlomlashtirish oromgohini yuzlab insonlarni karantinga joylash uchun taqdim etdi va ularning toʻliq taʼminotini zimmasiga oldi.
  • Oʻtgan hafta Andijon viloyati hokimligiga olti dona Damas tez yordam avtomobili bepul taqdim etildi.

“UzAuto Motors” birinchi yarim yillikda xayriya maqsadlariga jami 37 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirdi, deyilgan xabarda.

 

Asosiy mavzular