19:04 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
368 0 0

Kasallik kechishi ogʻirlashdi, aholi karantin choralariga eʼtibor qilmay qoʻydi, tanish-bilishlar shifokorlarga qoʻngʻiroq qilib ishlashga xalal bermoqda - Samarqan SSB koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqida.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Kecha Samarqand viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan brifingda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Davronbek Jumaniyozov Samarqandda koronavirusga qarshi kurash qanday olib borilayotgani haqida batafsil maʼlumot berdi.

Bosh shifokor aytishiga koʻra, bugungi kunda koronavirus kasalligi kechishi ogʻirlashgan. Epidemiya boshida 70-75 % bemorlarda kasallik yengil yoki simptomsiz koʻrinishda kechgan boʻlsa, bugungi kunda kasallanganlarning 50 %da ikki tomonlama ogʻir pnevmoniya kuzatilmoqda. 

Ustiga ustak, epidemiya boshida aholi karantin qoidalariga jiddiy amal qilib, uyida qolgan boʻlsa, hozir kasallik yanada ogʻir va xavfli koʻrinishda kechayotgan vaqtda deyarli hech kim karantinga amal qilmay qoʻygan, deydi shifokor. Shu sabab ham aniqlanayotgan kasallarning 100% jamoatchilik orasida. 

Yana bir muammo, koronavirus aniqlangan bemorning qarindoshlari tomonidan paydo boʻlmoqda. Bemor kasalxonaga yotqizilishi bilan darrov unga ovqat, ichimliklar va dori-darmon olib kelish boshlanadi. Vaholanki ushbu bemor bilan muloqotda boʻlgan qarindoshlarida ham virus mavjud boʻlishi mumkin. Ular kasalxonaga yetib kelgunicha magazinda, taksida yana bir necha kishiga virus yuqtirishlari mumkin, deydi shifokor.

Kasalxonalarda bemorlar uchun kerakli boʻlgan barcha dori darmon, yetarlicha ovqat va ichimliklar bor. Bemorlar SSV va JSST tomonidan tasdiqlangan reglament asosida davolanadi va ularga qoʻshimcha dori-darmon berishga ruxsat etilmaydi.

Shifokor aytishiga qaraganda, kasalxonalarga ogʻir ahvolda kelayotgan bemorlar orasida oʻz-oʻzini davolab, antibiotiklar ichib ogʻir ahvolga tushib qolganlar ham juda koʻp. Antibiotik - koronaivirusni davolamaydi. Kasallik boshida antibiotik ichish - immunitet tushib ketishi va kasallik yanada ogʻirlashishiga olib keladi. Tana haroratini pasaytiruvchi dorilarni ham temperatura 38 dan yuqori boʻlganda ichish kerak, - deydi Jumaniyozov.

Yana bir muammo bu – qoʻngʻiroqlar. COVID-19 test javoblari har kuni bir vaqtda eʼlon qilinadi. Odatda 40-50 kishidan iborat roʻyxat tegishli tashkilotlarga tarqatiladi. Ana shundan keyin bemorning turli lavozimlarda ishlaydigan tanish bilishlaridan shifokorlarga qoʻngʻiroqlar boshlanadi. Avval meni otamni, yo oʻgʻlimni shifoxonaga yotqizasan, avval buni olib ketasan, avval buni joylashtirasan va hokazao mazmunlarida. Bunday qoʻngʻiroqlar shifokorlar ishiga xalal beradi. Tez yordam mashinalari birinchi navbatda ahvoli ogʻir bemorlarni olib ketadi.

Viloyat bosh shifokori soʻziga koʻra, viloyatda koronavirusga chalinganlar soni oshishiga jiddiy tayyorgarlik koʻrilgan. Samarqandda bugun turli mehmonxona va yotoqxonalarda 10 minggya yaqin zahira oʻrinlar tayyorlangan. Shifoxonalarda kasallar uchun jami 1590 oʻrin tayyorlab qoʻyilgan. IVL apparatlar va dori-darmonlar zahirasi ham bor va toʻldirilmoqda.

Epidemiya boshidan buyon viloyatda 780 nafar bemor aniqlangan. Ulardan 641 nafari tuzalib ketgan va 94 nafari ayni damda shifoxonalarda davolanmoqda.

Asosiy mavzular