Feyk xabar aql bilan emas his-tuyg‘u ta’sirida harakat qilishga undaydi – MDU professori

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRossiya TIVning "antifeyk" loyihasi
Rossiya TIVning antifeyk loyihasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Feyk xabarlar kishini bir zumda hayajonga to‘ldiradi, qonda adrenalin miqdori oshadi va qandaydir harakat qilish istagi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga miyaning vaziyatni to‘g‘ri baholash va mantiqiy qaror qabul qilish qobiliyati yo‘qoladi.

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. MDU siyosatshunoslik fakulteti professori Andrey Manoylo feyk xabarlarni qanday fosh etish va ularga qarshi qanday kurashish haqida Sputnikka hikoya qilib berdi.

Feyk — bu shov-shuvga erishish maqsadida ataylab tarqatilgan yolg‘on xabar. Feyk xabarlar “virus uslubida” tez tarqalish xususiyatiga ega, uni tarqatuvchi anonim yoki psevdoanonim bo‘lishi ham shart emas. Xabarning feyk  ekanini bilib olish va unga qarshi kurashish oson, deydi mutaxassis.

Feyk xabarlar, birinchi navbatda inson psixikasiga ta’sir qilishga yo‘naltirilgan. Ya’ni ular odamni aql yoki mantiq bilan emas - his-tuyg‘u va emotsiya ta’sirida harakat qilishga undaydi,  - deydi Manoylo.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, vahimali yoki shov-shuvli xabar kishini “zararlaydi” va u bir zumda hayajonga to‘ladi qandaydir harakat qilish istagi paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda qonda adrenalin miqdori oshadi va miyaning vaziyatni to‘g‘ri baholash qobiliyati yo‘qoladi.

Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
Ahmoqona shuhratparastlik: Rossiyada feyk tarqatuvchilarni sudlash boshlandi

Ko‘p hollarda feyk xabarlar axborot vakuumi paydo bo‘lgan joyda paydo bo‘ladi. Masalan, biror joyda bir muhim hodisa yoki favqulodda vaziyat sodir bo‘ldi, tabiiyki odamlarda ushbu haqida imkon qadar qisqa vaqt ichida ko‘proq va batafsil ma’lumot bilib olish ehtiyoji paydo bo‘lad. Ana shunday vaziyatda hukumat yoki tegishli tashkilot kerakli ma’lumotlarni rasman e’lon qilinishini kechiktirsa, press-relizlar e’lon qilinishdan oldan bir necha instansiyadan o‘tishi kerak bo‘lsa – axborot vakuumi paydo bo‘ladi.

Bo‘shliq tez fursat ichida turli feyk, mish-mish va boshqa yolg‘on xabarlar bilan to‘la boshlaydi. Oradan bir necha soat o‘tganidan keyin juda to‘liq rasmiy xabar e’lon qilinsa ham – u hech kimga kerak bo‘lmay qoladi, chunki odamlar allaqachon feyklar bilan “to‘yib” bo‘lishgan bo‘ladi.

Shuning uchun feyklarga qarshi kurashning eng samarali yo‘li – axborot kundaligida yetakchilikni qo‘lga kiritib olish, rasmiy nuqtayi nazarni birinchilardan bo‘lib odamlarga yetkazish.

Mutaxassis to‘liq fikrini audiopodkastimizda tinglang.

Professor MGU rasskazal, kak raspoznat feyki
Yangiliklar lentasi
0