22:47 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)
735 0 0

Bir sutka davomida 324 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 18 703 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 324 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 18 703 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 84 nafari Surxondaryo viloyatida, 65 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda qolgan 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 130 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 10 002  nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 601 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Toshkentlik 55 yoshli bemor koronavirusning navbatdagi qurboni boʻldi. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 55 yoshli R.SH.da (erkak) joriy yil 19 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir holat: Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 82 yoshli M.K.da (ayol)da 18 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va umumiy ahvoli ogʻirligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan va sunʼiy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal oʻpka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal oʻpka shishidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 100 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Chegarada toʻplangan fuqarolar

Samara viloyatidagi chegara yaqinida tashkil etilgan lagerda 676 nafar Oʻzbekiston fuqarolari qolmoqda. Ular orasida 16 nafar ayol va 3 nafar bola.

Samara viloyati inson huquqlari boʻyicha vakilining matbuot xizmati yozishicha, ayni vaqtda fuqarolarni vatanga olib kelish masalasi hal qilinmoqda.

Qozogʻiston Oʻzbekistonga gumanitar yordam joʻnatadi

Qozogʻistonda oziq-ovqat mahsulotlari Oʻzbekistonga yuboriladi: un, grechka, oʻsimlik yogʻi va konservalar. Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi gumanitar yordam yetkazib berish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiradi.

Turistlar oqimi

Davlat statistika qoʻmitasi karantin davrida Oʻzbekistonning turistik oqimi haqida xabar berdi. Pandemiya paytida Oʻzbekistonga kelgan sayyohlar soni 60 foizga kamaydi.

MDH mamlakatlaridan Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolari 1 million 161 ming kishini tashkil etdi, bu ularning umumiy sonining 95,5% ni tashkil etadi, xorijiy davlatlardan esa 54,8 ming kishi (4,5%).

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 15,3 milliondan oshdi, 624 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (4,0 mln), Braziliyada (2,2 mln), Hindistonda (1,2 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)

Asosiy mavzular