12:31 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)
256 0 0

Hozirda mamlakatda 9283 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 133 nafari ogʻir, 63 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda tasdiqlangan koronavirus holati 20 226 taga yetdi.

“2020 yil 26 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 20226 (+274) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi kasallanganlarning 136 nafari Toshkent viloyatida, 90 nafari Toshkent shahrida, 29 nafar Sirdaryo viloyatida, 16 nafari Andijon viloyatida hamda 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 10831 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 9283 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 133 nafari ogʻir, 63 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda. Koronavirus qurbonlari soni 112 nafarga yetgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)
Teglar:
karantin, koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular