Tibbiyot xodimlariga 9 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilmagani aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilayotganligi nazoratga olinib, monitoring olib borilmoqda.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Monitoring natijalariga ko‘ra bugungi kunda jami 9 mlrd 9 mln so‘mdan ortiq mablag‘ tibbiyot xodimlariga to‘lab berilmagani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilayotganligi nazoratga olinib, monitoring olib borilmoqda.

Xususan:

- Qashqadaryo viloyatida 1 315 nafar xodimlarga 6,8 mlrd so‘m (5,3 mlrd so‘m to‘lab berildi),

- Samarqand viloyatida 694 nafar xodimlarga 838,7 mln so‘m (426,5 mln so‘m to‘lab berildi),

- Buxoro viloyatida 317 nafar xodimlarga 353,5 mln so‘m,

- Sirdaryo viloyatida 741,2 mln so‘m (633 mln so‘m to‘lab berildi),

- Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 211 nafar xodimlarga 163 mln so‘m (to‘liq undirildi),

- Jizzax viloyatida 27 nafar xodimga 36 mln so‘m (to‘liq undirildi),

- Toshkent viloyatida 23 mln so‘m,

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar xodimga 7,1 mln so‘m (to‘liq undirildi) miqdorda belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilmaganlik holatlari aniqlanib, ushbu holatlarga nisbatan ta’sir choralar ko‘rib borildi.

Yangiliklar lentasi
0