10:05 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
294 0 0

Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasida, Sergeli tumanidagi 2-bolalar va oʻsmirlar sport majmuasida koronavirus bemorlari uchun oʻrinlar yaratilmoqda.

TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Toshkentda sport majmualari shifoxonaga aylantirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasida koronavirus tashxisi qoʻyilgan bemorlarni davolash uchun maxsus shart-sharoitlar yaratilmoqda. Hozirda majmuaning 3 ta zalini qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.

V Tashkente pereoboruduyut sportkompleksы v gospitali - foto
Press-slujba xokimiyata
V Tashkente pereoboruduyut sportkompleksы v gospitali - foto

Taʼkidlanishicha, bu maskan 520 nafar bemorlarning salomatligini tiklash uchun zarur boʻlgan tibbiy jihoz va uskunalar bilan taʼminlanadi. Buning uchun SNO (IVL) va SIPAP apparatlari, kislorod balonlari va boshqa zamonaviy texnikalar bilan taʼminlanmoqda.

Shuningdek, 150 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun ham yotoqxona tayyorlanadi.

Shuningdek, Sergeli tumanidagi 2-bolalar va oʻsmirlar sport majmuasida ham 250 oʻrinli davolash maskani tashkil etilmoqda. Bu yerda tibbiyot xodimlari uchun binoning hovlisida maxsus chodirlar qurilmoqda.

V Tashkente pereoboruduyut sportkompleksы v gospitali - foto
Press-slujba xokimiyata
V Tashkente pereoboruduyut sportkompleksы v gospitali - foto

Har ikki maskanda ham shifoxonalardek, sharoitni yaratish uchun mutaxassislar bilan hamkorlikda, ularning tavsiya va koʻrsatmalari bilan ish olib borilmoqda.

V Tashkente pereoboruduyut sportkompleksы v gospitali - foto
Press-slujba xokimiyata
V Tashkente pereoboruduyut sportkompleksы v gospitali - foto

Ular yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.

Teglar:
koronavirus, Toshkent

Asosiy mavzular