Teri qarishini oldini olishga yordam beradigan mahsulotlar aytildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke
Rojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Edinburg universiteti Asher instituti olimi, doktor Rupi Ojla teri yoshligini saqlab qolish uchun qanday ovqatlanish kerakligini gapirib berdi.

TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Edinburg universiteti Asher instituti olimi, doktor Rupi Ojla teri yoshligini saqlab qolish uchun qanday ovqatlanish kerakligini gapirib berdi. Uning tavsiyalaridan Sun tabloidi iqtibos keltiradi.

Gazetaga ko‘ra, Ojla Britaniyaning ovqatlanish masalalari bo‘yicha “yetakchi ovozlaridan” biri hisoblanadi. Mutaxassis yoshga doir keskin o‘zgarishlarga olib keladigan tarkibida temir yuqori darajada bo‘lgan mahsulotlardan, xususan, qizil go‘shtdan (mol va qo‘y go‘shti) voz kechishni maslahat beradi.

Grechnevaya krupa, prodayushayasya na razves - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya olimlari inson umrini uzaytiruvchi "superfud"ni aniqlashdi

U antioksidantlarga, kollagenga, minerallarga va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini tanani yoshartirishda va ishini yaxshilashda muhim deb atadi.

“Har kuni meva va sabzavotlarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish, tanani keraksiz yallig‘lanishni muvozanatlashtiradigan, hujayralarni shikastlanishini kamaytiradigan va qarish davrida hujayralarni himoya qiladigan turli xil o‘simlik moddalari bilan ta’minlaydi”, - deya tushuntirdi Ojla.

Bundan tashqari, uning fikriga ko‘ra, kam proteinli parhez yoshga doir o‘zgarishlarni tezlashtirishi mumkin bo‘lgan o‘sish gormoni ortiqcha ishlab chiqarilishining oldini oladi.

“Bularning barchasi mening sog‘lom ovqatlanish tamoyillarimga borib taqaladi: asosan o‘simliklar, sifatli yog‘lar (yong‘oq va urug‘lar), tarkibi tolaga boy va to‘liq qayta ishlanmagan ovqatlar”, - deya xulosa qildi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0