Toshkentda karantin uchun qancha mablag‘ ajratildi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBektemirskiy post GAI
Bektemirskiy post GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Salkam 200 milliard so‘m - Toshkentda Karantin bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi va Toshkent shahrining mahalliy budjetidan mablag‘ ajratildi.

TOShKENT, 27-iyul – Sputnik. Toshkentda COVID-19ga qarshi kurash uchun 195 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar karantin markazlarni ta’minlash, tibbiyot xodimlari maoshlari, gigiyenik vositalar va boshqa narsalarga sarflandi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda xabar qildi.

Mablag‘larning katta qismi, (104,8 mlrd.) Yuqorichirchiq tumanidagi fuqarolarni karantinda saqlash markazi xarajatlari uchun sraflanadi. Ushbu xarajatlarning aksariyati (93 mlrd.) oziq-ovqat xarajatlaridir. Gigiyenik vositalar va kundalik ehtiyoj buyumlari uchun ( 11,6 mlrd.) sarflanadi.

Karantin bilan bog‘liq xarajatlar – 90,2 milliard so‘mni tashkil qildi. Ushbu mablag‘lar tibbiyot xodimlariga to‘lovlar uchun (52 mlrd.)  SES va SSB uchun Damas va Isuzu avtomobillari sotib olish uchun (15,2 mlrd.), dori –darmon sotib olish uchun (15 mlrd.) va  Tibbiyot muassasalari uchun gigiyenik vositalar va kundalik ehtiyoj buyumlari uchun ( 7,6 mlrd.) sarflanishi rejalashtirilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yuqorida aytib o‘tilgan mablag‘larning 122,7 milliardi (63%) – Respublika budjetidan va 70,3 (36%)  milliardi – mahalliy budjetdan ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0