21:58 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
95 0 0

Aviachiptalarni aviakompaniya filialining Markaziy sotuvlar ofisida Uzbekistan Airways Sales jonli navbat tartibida xarid qilish mumkin.

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Uzbekistan Airways oʻzbekistonliklarni Anqara va Nyu-Yorkdan olib kelish uchun ikkita qoʻshimcha reysni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Toshkent – Anqara – Toshkent reysi 29 iyul kuni (chorshanba) amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali:

Toshkent-Anqara

Parvoz vaqti soat 10:30 da, kelib qoʻnish vaqti 13:00 da (mahalliy vaqt)

Anqara-Toshkent

Parvoz vaqti soat 16:00 da, kelib qoʻnish vaqti 22:30 da (mahalliy vaqt)

Toshkent – Nyu-York – Toshkent reysi 30 iyul kuni (payshanba) amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali:

Toshkent – Nyu-York

Parvoz vaqti soat 06:45 da, kelib qoʻnish vaqti 11:00 da (mahalliy vaqt)

Nyu-York – Toshkent 

Parvoz vaqti soat 13:00 da, kelib qoʻnish vaqti 11:00+1 da (mahalliy vaqt)

Aviachiptalarni aviakompaniya filialining Markaziy sotuvlar ofisida Uzbekistan Airways Sales jonli navbat tartibida, yoʻlovchining shaxsan oʻzi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olish mumkin: Oʻzbekiston fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos; xorijiy fuqarolar uchun – passport.

Kompaniya aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirishda oʻz xizmatlarini ishonarli tarzda taklif etadigan shubhali shaxslardan yordam soʻramaslikni soʻragan.

Asosiy mavzular