22:59 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
191 0 0

Qarshi, Shahrisabz shaharlari va tumanlar markazlarida xizmat koʻrsatayotgan yoʻnalishsiz taksi avtomashinalari soni 3 baravargacha qisqartiriladi.

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Qarshi shahri bugun, 27 iyul 00:01 dan boshlab yopildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati maxsus komissiyasi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Qashqadaryo viloyatida 2020 yil 27 iyul soat 00:01 dan boshlab 15 avgustgacha quyidagi qoʻshimcha cheklovlar joriy qilinadi:

  • Qarshi shahriga barcha turdagi transport vositalarining kirishi va harakatlanishi (fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor koʻrigidan oʻtish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borish-kelish, qishloq xoʻjalik mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish, tashish bilan shugʻullanuvchilar, quruvchi tashkilotlar va tadbirkorlik subʼyektlariga tegishli jihoz, xom-ashyo materiallarini tashishga moʻljallangan avtomashinalari bundan mustasno) cheklanadi.
  • Qarshi, Shahrisabz shaharlari va tumanlar markazlarida xizmat koʻrsatayotgan yoʻnalishsiz taksi avtomashinalari soni 3 baravargacha qisqartiriladi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 16 iyuldagi yigʻilish bayoni talablariga qatʼiy rioya qilgan holda viloyatdagi roʻyxatga olingan vakolatli transport tashkilotlari (uyushmalar) tomonidan aniq davlat raqami koʻrsatilib, ruxsat berilgan yoʻnalishsiz taksi avtomashinalarigina harakatlanadi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakat xavfsizligi bosh boshqarmasi va transport boshqarmasi Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi yoʻlovchi tashish taksilari hamda haydovchilarining roʻyxatini shakllantirish va ularning belgilangan hududdan tashqarida faoliyat olib bormasliklari ustidan qaʼtiy nazorat oʻrnatadi.

Viloyat transport boshqarmasi va viloyat Sanitariya-epidimiologik nazorati markazi yoʻnalishsiz taksilarga har 4 soatda dezinfektsiya qilishni qatʼiy nazoratga olish maqsadida maxsus dezenfektsiyalash nuqtalarini tashkil etish va dezenfektsiyalashni roʻxatga olish mezanizimini shakillantiradi. 

Asosiy mavzular