20:09 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1158)
868 0 0

Bir sutka davomida 421 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 20 952 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 421 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 20 952  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 84 nafari Toshkent shahrida, 48 nafari Toshkent viloyatida  bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 140 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 11 245 nafarga yetdi.

Ayni paytda 9 588 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 

Oʻlim holatlari

Kun davomida 3 nafar bemor vafot etdi: Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 65 yoshli erkak, Yashnobod tumanida yashagan 64 yoshli, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli erkak vafot etdi.

Ularga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan.

Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlarning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda oʻpka shishidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 119 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Talabalar uchun charter

Bugun, transport vazirligi respublika maxsus komissiyasi topshirigʻiga asosan avgust oyining birinchi oʻn kunligida oʻzbekistonlik talabalar Rossiyaning oltita shahridan maxsus charter reyslari bilan qaytib kelishini maʼlum qildi. Xususan, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon va Rostov-Dondan reyslar tashkil etiladi. Shuningdek, Kiyev va Qohiradan ham maxsus reyslar rejalashtirilgan.

Monitorlar oʻrnatildi

“Oʻzekspomarkaz”da joylashgan Taqsimlash markazidagi koronavirus bemorlarining yaqinlari va qarindoshlari uchun monitor oʻrnatildi. Endi bemorlarning yaqinlari roʻy berayotgan vaziyatdan monitor orqali xabardor boʻlishlari mumkin.

Yangi IVL apparatlari

Shveytsariya kompaniyalari Osiyo rivojlantirish bankini mablagʻi hisobidan Oʻzbekistonga 19,5 million dollarlik oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlarini (IVL) yetkazib beradi.

Birinchi 100 dona apparat Toshkentga ikkita shartnoma asosida yetkazib berildi. Yana 700 dona qurilma yaqin haftalarda respublikaga olib kelindi.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 16,3 milliondan oshdi, 649 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (4,2 mln), Braziliyada (2,4 mln), Hindistonda (1,4 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1158)

Asosiy mavzular