O‘zbekistonda koronavirus: 28-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane
Gorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 193 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 699 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Simvol stolisi Kazaxstana - Bayterek - s visoti ptichyego poleta. Neveroyatniy rakurs! - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 3-avgustdan karantin yengillashtiriladi

Bir sutka davomida 193 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 699  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 122 nafari — Toshkent shahrida (50 nafari — aholi orasida, 72 nafari — Qozog‘istondan “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan), 32 nafari — Toshkent viloyatida, 21 nafari — Surxondaryo viloyatida, 18 nafari — Qashqadaryo viloyatida bemor bilan muloqot orqali yuqtirgan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 352 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 12 026 nafarga yetdi.

Ayni paytda 9 549 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida 3 bemor vafot etdi: Toshkentda 34 yoshli homilador ayol, 50 yoshli va 61 yoshli erkaklar.

Ularga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. O‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlarning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etgan.

O‘zbekistonda jami 129 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Tahlil natijalari 

Koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi.

Profilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi

“Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash bo‘yicha quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Aviaparvozlar qachon tiklanadi

O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston aviareyslarni tiklashga tayyorlanmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari birin-ketin aviaparvozlarni qayta tiklashga tayyorliklarini e’lon qilmoqda. Bu haqda batafsil.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 16,5 milliondan oshdi, 654 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (4,3 mln), Braziliyada (2,4 mln), Hindistonda (1,5 mln).

Yangiliklar lentasi
0